25-mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.
Shimol va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 23–28 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25–27 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13–18 daraja iliq bo‘ladi.

