Guliston shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro I.T. 30 dona “Regapen” va 3 dona “Tropikamid” dori vositalarini 6,8 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tadbirda “Damas” avtomobili to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada fuqaro R.M. 41 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Ushbu vositalar dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz xorijdan olib kelingan sintetik narkotik va kuchli dorilar fosh etilgani haqida yozgan edi.

