Samsung Galaxy S25 smartfonlari uchun yangilanish qachon chiqadi

Foto: Samsung
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Samsung Galaxy S25 egalari uchun yangi yangilanish haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Tarunvats33 xabar berdi.

Test serverlarida One UI 8 ning yangi versiyasi aniqlandi. Biroq bu katta tizim yangilanishi emas. Ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchilar faqat aprel oyidagi xavfsizlik patchini oladi. Yangi funksiyalar yoki dizayn o‘zgarishlari kutilmayapti.

Bu esa One UI 8.5 ning to‘liq barqaror versiyasi hali chiqmasligini anglatadi.

Foto: Samsung

Shu sabab Galaxy S25 egalari katta yangilanishni yana kutishiga to‘g‘ri keladi. Hozircha kompaniya qurilmalar xavfsizligini ta’minlashga e’tibor qaratmoqda.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy A57 smartfonining narxi oshgani haqida yozgan edi.

Model ilk bor Galaxy A seriyasida 512 GB xotira bilan taqdim etiladi. Eng yuqori versiya 12 GB tezkor xotira va 512 GB ichki xotiraga ega. Ushbu konfiguratsiya narxi 770 yevroni tashkil etadi. Bu qariyb 835 dollarga teng.

Bazaviy model 8/128 GB xotira bilan 530 yevro ($575)dan boshlanadi.

8/256 GB versiya 589 yevro ($640) etib belgilangan. Galaxy A57 yana bir muhim yangilikni oldi. U Wi-Fi 6E texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu standart 6 GHz diapazonda ishlaydi. Natijada internet tezligi oshadi va kechikish kamayadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.