AQSh 13-apreldan Eron portlarini blokada qiladi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh Markaziy qo‘mondonligi 13-aprel kuni Eron portlariga dengiz blokadasini boshlaydi. Qaror prezident Donald Tramp topshirig‘i bilan qabul qilindi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, blokada 13-aprel kuni soat 10:00 dan boshlanadi. U Fors va Ummon ko‘rfazidagi barcha Eron portlarini qamrab oladi. AQSh harbiylari Eron portlariga kirayotgan va chiqayotgan barcha kemalarni nazorat qiladi. Bu choralar barcha davlatlarga tegishli kemalarga ham tatbiq etiladi.

Shu bilan birga, AQSh Hormuz bo‘g‘ozida erkin harakatga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi. Noyob strategik yo‘lak bo‘lib qolayotgan bo‘g‘oz ochiq saqlanadi.

Tramp bu qarorni Eron bilan Islomoboddagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach e’lon qildi. Asosiy kelishmovchilik yadroviy dastur va Hormuz nazorati masalasida yuzaga kelgan. AQSh tomoni Eronni kemalardan noqonuniy to‘lov undirishda aybladi. Vashington bu orqali Tehronni asosiy daromad manbalaridan mahrum etishni maqsad qilmoqda.

Eron esa bu bayonotlarni keskin rad etdi. Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Shahram Irani AQSh tahdidlarini “kulgu va bema’nilik” deb atadi. Unga ko‘ra, Eron floti mintaqadagi barcha harakatlarni kuzatmoqda va zarur choralarni ko‘rishga tayyor.

Muzokaralar fonida neft narxlari yana oshdi. Brent markali neft narxi savdolar boshida $102,5 ga yetdi. Bu 11-apreldagi $95,2 dan ancha yuqori.

Qaynoq24.uz Tramp Eron bilan muzokaralar borasida keskin bayonot bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.