AQSh prezidenti Hormuz bo‘g‘ozidagi blokadani bekor qildi

Foto: iStock
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp farmoniga muvofiq Hormuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasi bekor qilindi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Amerika harbiy kuchlari endi Eron portlariga kirayotgan yoki ulardan chiqayotgan kemalar harakatiga to‘sqinlik qilmaydi. CENTCOM barcha blokada choralarini to‘xtatganini, biroq AQSh harbiy kemalari kelishuv shartlari bajarilishini nazorat qilish uchun mintaqada qolishini bildirdi.

AQSh vitse-prezidenti Devid Jeyms Vensning aytishicha, so‘nggi bir sutka ichida Hormuz bo‘g‘ozi orqali umumiy hajmi 12,5 mln barrel neft bo‘lgan kemalar o‘tgan. Bu AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

Vens, shuningdek, Eron tomoni ikkinchi kecha ketma-ket hech qanday kemaga hujum qilmaganini ta’kidladi.

AQSh va Eron o‘rtasida 18-iyunga o‘tar kechasi o‘zaro anglashuv memorandumi masofadan imzolangan edi. Hujjat 60 kunlik muzokaralar davrini boshlab beradi. Shu muddat ichida tomonlar yakuniy tinchlik kelishuvi va Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqishi kerak.

Memorandum 14 banddan iborat bo‘lib, unda o‘t ochishni to‘xtatish, Hormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini tiklash, Eronga nisbatan neft sanksiyalarini bekor qilish va AQSh qo‘shinlarini Eron atrofidagi hududlardan olib chiqish kabi bandlar bor. Eron esa yadro quroli ishlab chiqmaslik majburiyatini olgan.

Qaynoq24.uz AQSh va Eron tinchlik, sanksiyalar va uran bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.