Donald Tramp: Netanyahuda Eron bilan tinchlik bitimini qabul qilishdan boshqa yo‘l yo‘q

Foto: Jonathan Ernst/REUTERS
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron bilan har qanday tinchlik bitimini qabul qilishini aytdi. Bu haqda u Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Tehron bilan kelishuvga erishsa, Netanyahuda boshqa tanlov bo‘lmaydi.

“Barcha qarorlarni men qabul qilaman. U qaror qabul qilmaydi”, dedi Donald Tramp.

Intervyu Isroil Eron tomonidan raketa zarbasi berilgani haqida xabar qilganidan keyin e’lon qilindi. Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bu hujumni “ogohlantirish” deb atadi. Hujum Isroilning Livandagi “Hizbulloh” obyektiga bergan zarbasidan keyin amalga oshirilgan.

Tramp Eronning Isroilga zarbalari tinchlik kelishuvi bo‘yicha rejaga ta’sir qilmasligini bildirdi. U baribir Tehron bilan kelishuvga erishmoqchi.

“Bu kelishuvga hech qanday ta’sir qilmaydi. Ko‘ramiz, hammasi qanday yakunlanadi”, dedi Donald Tramp.

AQSh prezidenti Eron zarbalari katta natija bermaganini ham ta’kidladi. Shu bilan birga, u tinchlik kelishuvi bo‘lmasa, yana harbiy kuch ishlatishi mumkinligini aytdi.

May oyi oxirida Axios portali AQSh va Eron muzokarachilari dastlabki kelishuvga yaqinlashgani haqida yozgan edi. Nashr bu ma’lumotni ikki amerikalik amaldorga tayanib e’lon qilgan.

Biroq Tramp hozircha Eron bilan bitimni rasman qo‘llab-quvvatlamagan. OAV ma’lumotiga ko‘ra, u kelishuvni faqat asosiy talablar bajarilsa ma’qullashi mumkin.

Vashingtonning asosiy talablaridan biri Tehron yadro quroli yaratish rejasidan voz kechishi bilan bog‘liq. Eron rahbariyati ham AQSh bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy kelishuvga hali erishilmaganini bildirgan.

Qaynoq24.uz Tramp Netanyahuni Livanga bergan zarbalari uchun tanqid qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.