OPPO kompaniyasi 21-aprel kuni yangi smartfonlarini taqdim etadi. Shu kuni Find X9 Ultra va Find X9s Pro Xitoyda namoyish qilinadi.
Shu bilan birga, global bozorda ham yangi model paydo bo‘lishi kutilmoqda. Gap Find X9s haqida bormoqda. Qurilma aynan shu sanada xalqaro taqdim etilishi mumkin. Kompaniya hali aniq sanani rasman tasdiqlamagan. Biroq rasmiy sahifa va oldingi e’lonlar 21-aprelni ko‘rsatmoqda. Avvalroq Hindistonda ham shu model chiqishi tasdiqlangan edi.

Find X9s Dimensity 9500s protsessori bilan ishlashi kutilmoqda. Bu chip yuqori unumdorlikka ega yangi platforma hisoblanadi. Kompaniya bu safar ikki xil strategiyani tanladi. Find X9s Pro modeli faqat Xitoyda qolishi mumkin. Global bozorda esa oddiy Find X9s sotuvga chiqadi.
Smartfon uch xil rangda taqdim etiladi. Ular orasida to‘q sariq, och binafsha va qora rang bor. Dizaynda kvadrat kamera bloki ishlatilgan. Ekran tekis bo‘ladi. Uning ramkalari atigi 1,15 mm. Bu esa deyarli cheksiz displey effektini beradi.
Qurilma 7025 mAh sig‘imli batareya bilan jihozlanadi. Bu batareya bir kundan ko‘proq ishlash imkonini beradi. Kamera tizimi uchta moduldan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy sensor 50 MP bo‘ladi. Telefoto kamera ham qo‘shilishi mumkin. Narx va to‘liq texnik xususiyatlar 21-aprel kuni e’lon qilinadi.
Qaynoq24.uz OPPO A6s Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

