Parrandachilik loyihalariga 10 foizli kreditlar ajratiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda parrandachilik xo‘jaliklari, parranda uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchilar hamda «tayyor biznes» loyihalarini moliyalashtirish uchun yillik 10 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Qarorga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan «Mikrokreditbank»ka yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan parrandachilik xo‘jaliklari, omuxta yem ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va «tayyor biznes» loyihalariga 2026-yil 1-sentabrdan boshlab 10 foiz stavkada kreditlar beriladi. Mazkur shartlar faqat shu sanadan keyin yangidan rasmiylashtiriladigan kredit shartnomalariga tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-avgustdan ushbu mablag‘lar hisobidan parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish hamda Prezidentning 2024-yil 27-iyundagi PQ–238-son qarorida nazarda tutilgan «tayyor biznes» loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar ajratiladi.

«Mikrokreditbank» orqali beriladigan ushbu kreditlarning yillik stavkasi 10 foizni tashkil etib, ular to‘rt yillik imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga taqdim qilinadi.

Qaynoq24.uz 31 yoshgacha bo‘lganlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kredit berilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.