Jizzax va Samarqandda 17 ming dollar olgan advokatlar ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Jizzax va Samarqand viloyatlarida 17 ming dollar olgan advokatlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida faoliyat yurituvchi advokatning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, u Jizzax viloyatidagi manzil-koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumning jazo muddatini qisqartirib berishni va’da qilgan. Advokat bu masalani mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishini aytib, mahkumning tanishidan 15 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holat Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida qayd etildi. Ushbu tumanda faoliyat yurituvchi advokat jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tumani sudida ko‘rilayotgan ishda himoyachi sifatida qatnashgan. U sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlanishida yordam berishini aytib, buning evaziga uning o‘g‘lidan 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Foto: DXX

DXX va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda har ikki advokatga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Vakolatli organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Qashqadaryo va Toshkentda giyohvandlik vositalari musodara qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.