AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan davom etayotgan urush deyarli yakuniga yetganini ma’lum qildi. U bu fikrni Fox News telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.
Prezidentga urush tugagan-tugamaganiga oid savol berilganda, u mojaro “juda yaqin yakunlanayotganini” aytdi. Trampga ko‘ra, agar AQSh aralashmaganida, Eron hozir yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Shuningdek, u AQSh qo‘shinlari olib chiqilsa, Eronning tiklanishi uchun kamida 20 yil kerak bo‘lishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u mojaro hali to‘liq yakunlanmaganini ham qo‘shimcha qildi.
AQSh vitse-prezidenti J. D. Vance esa Trampning asosiy maqsadi Eron bilan “katta kelishuv”ga erishish ekanini bildirdi. Unga ko‘ra, agar Eron yadroviy qurol yaratishdan voz kechsa, AQSh mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yordam berishga tayyor.
Avvalroq Tramp yaqin kunlarda yangi muzokaralar bo‘lishi mumkinligiga ishora qilgan edi. Biroq 12-aprel kuni Islomobodda o‘tgan muzokaralar sezilarli natija bermadi. AQSh Eronni qat’iy kafolat bermadi deb hisoblaydi, Tehron esa Vashington talablarini qabul qilib bo‘lmaydigan deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Besh hafta davom etgan janglardan so‘ng tomonlar ikki haftalik sulhga kelishdi. Sulh muddati 22-aprel kuni yakunlanadi.
Qaynoq24.uz Tramp ittifoqchilarni tanqid qilgani haqida yozgan edi.

