10 kg kumushni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent viloyati Zangiota 10 kg kumushni 20,8 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs 13 dona quyma bo‘lak ko‘rinishidagi jami 10 kg 35 gr kumushni maxsus xaridorga $20,8 mingga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, mazkur qimmatbaho metallning umumiy qiymati 235 mln 229 ming so‘mni tashkil etadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu shaxs zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ xodimi ekani aniqlangan. Korxonada oltin va kumush mahsulotlariga qayta ishlov berilgani, biroq affinaj faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsat mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

Affinaj — qazib olingan ruda konsentrati yoki ikkilamchi xom ashyo tarkibidagi qimmatbaho metallarni turli kimyoviy aralashmalardan tozalab, yuqori darajadagi sof metallni ajratib olish jarayonidir.

Shuningdek, mazkur manzilda umumiy qiymati 3 mlrd 483 mln so‘mlik 58 kg kumush va 2,2 kg oltin borligi aniqlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Farg‘onada birovni molini sotib yuborgan sotuvchi aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.