O‘zbekistonda biologik faol qo‘shimchalar(BFQ)ni olib kirish tartibi soddalashtirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi yangi qoidalarni tasdiqladi.
Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar xorijdan 10 xil turdagi qo‘shimchani olib kirishi mumkin. Har bir mahsulot birlamchi qadoqda va bittadan bo‘lishi kerak. Bunda umumiy vazn 3 kg dan oshmasligi lozim. Shu chegaragacha bo‘lgan mahsulotlar bojxona to‘lovisiz olib kiriladi.
Avvalgi qoidalarda me’yorlar mahsulot shakliga qarab belgilanardi. Bu esa amaliyotda ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan. Yangi tartib bu noaniqliklarni bartaraf etishi va aholiga qulaylik yaratishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,8 mln nafardan oshgani haqida yozgan edi.

