Qayta ishlangan mahsulotlar bo‘yicha bojxona boji tartibi belgilandi

Foto: Pexels / Artem Podrez
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda bojxona hududida qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda bojxona boji qanday hisoblanishi belgilandi. Bu bo‘yicha hukumatning 21-maydagi 266-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

Nizom bojxona hududida qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni erkin muomalaga chiqarishda tovarlarning bojxona qiymatini belgilash tartibini nazarda tutadi. Shuningdek, ushbu mahsulotlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini hisoblash qoidalari ham belgilanadi.

Unga ko‘ra, qayta ishlanadigan mahsulotlar erkin muomalaga chiqarilganda import bojxona boji xomashyo va materiallar qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda qayta ishlash uchun olib kirilgan xomashyo hamda materiallarning bojxona qiymati inobatga olinadi. Bojxona boji qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan miqdor yoki son asosida hisoblanadi.

Qonunchilikda bojxona to‘lovlari bo‘yicha nazarda tutilgan imtiyozlar qayta ishlanadigan mahsulotlarga nisbatan qo‘llanadi. Bundan tashqari, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan maxsus ro‘yxat shakllantiriladi. Unga tayyor mahsulot uchun bojxona boji xomashyo va materiallar importi uchun olinadigan bojdan past bo‘lgan tovarlar kiritiladi.

Mazkur ro‘yxat manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida shakllantiriladi. Nizom tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. U 2027-yil 1-martga qadar amal qiladi.

Qaynoq24.uz 3 kg gacha BFQni bojxonasiz olib kirish mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.