Realme Hindistonda Realme Narzo 100 Lite 5G smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Smartfon 6,8 dyuymli HD+ IPS LCD displey bilan jihozlangan. Ekran 144 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi va maksimal 900 nit yorqinlikka ega. Qurilma MediaTek Dimensity 6300 protsessorida ishlaydi. Chip 6 nm texnologiya asosida ishlab chiqarilgan. Unda ikki dona Cortex-A76 va olti dona Cortex-A55 yadrosi mavjud.

Model 4 GB va 6 GB operativ xotira bilan taklif etiladi. Xotira hajmi 64 GB yoki 128 GB bo‘lib, microSD orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin. Asosiy kamera 13 MP, old kamera esa 5 MP. Har ikkisi 1080p video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfon IP64 himoya darajasiga ega va MIL-STD 810H standartiga mos keladi. Yon tomonda barmoq izi skaneri, 3,5 mm audio port va kuchaytirilgan ovoz tizimi mavjud. Narzo 100 Lite 5G 7000 mA/soat batareya bilan jihozlangan. Qurilma 15 W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchi ikki kungacha ishlashini ta’kidlamoqda.

Model narxi taxminan 160 dollardan boshlanadi. Sotuvlar 21-apreldan start oladi.
Qaynoq24.uz Realme Narzo 100 Lite 5G smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

