Samarqand viloyatida noqonuniy ravishda oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A., M.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirgani aniqlandi. Ular Paxtachi tumani hududida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan 5 tonna ma’danli toshlarni hech qanday ruxsatnomasiz qazib olgan.

Shuningdek, ushbu shaxslar qo‘lbola uskunalar yordamida oltin ajratib olish bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Samarqandda noqonuniy mayning ferma fosh etilgani haqida yozgan edi.

