O‘zbekiston Afg‘onistonga yiliga 100 mingta avtomobil eksport qilishi mumkin

Foto: Lion Motors
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Afg‘oniston bozoriga avtomobil eksportini keskin oshirishi mumkin. Savdo-sanoat palatasi (SSP) raisi Davron Vahobovga ko‘ra, mamlakat yiliga 100 mingtagacha avtomobil yetkazib berishga tayyor.

Uning aytishicha, ilgari avtomobillar Afg‘onistonga Dubay orqali yetkazilgan. Bunda bir konteyner narxi $2,5 mingni tashkil etgan va yetkazib berish 40 kungacha cho‘zilgan.

“Ilgari mashinalar Amerika yoki Yaponiyadan Dubayga olib kelinar, so‘ng Eron yoki Pokiston orqali Afg‘onistonga jo‘natilar edi. Bitta konteynerga 5 ta mashina sig‘adi, tashish narxi — $2500, yetkazib berishni esa 40 kun kutish kerak”, — deb qayd etgan Vahobov.

Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sabab bu logistika yo‘nalishi yopildi. Natijada o‘zbekistonlik eksportchilar uchun yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. Endilikda avtomobillarni Toshkent va viloyatlardagi avtobozorlardan Afg‘onistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Bu esa logistika xarajatlari va yetkazib berish muddatini sezilarli qisqartiradi. Shuningdek, yetkazib berish muddati taxminan 3 kungacha qisqarishi mumkin.

Qaynoq24.uz Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada otishma yuz berganini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.