AQSh mehnat vaziri lavozimini tark etdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida yana bir iste’fo yuz berdi. Mehnat vaziri Lori Chaves-Deremer lavozimini tark etdi.

Oq uy vakili Stiven Chung ma’lum qilishicha, vazir xususiy sektorda ishlash uchun ketmoqda. Uning o‘rniga vaqtincha vazir vazifasini Kit Sanderling bajaradi. Chaves-Deremer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu lavozimda ishlashni sharaf deb atadi. U Tramp ma’muriyatida faoliyat yuritganidan faxrlanishini bildirgan.

Biroq iste’fo ichki tergov fonida yuz berdi. CNN xabariga ko‘ra, vazirga nisbatan bir necha jiddiy ayblovlar ilgari surilgan. U xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilgani va nomaqbul xatti-harakatlarda ayblangan. Tergovda vazir xizmat safarlarini shaxsiy maqsadlarda ishlatgani aytilmoqda. U ayrim safarlarni sport musobaqalari va konsertlarga borish uchun rejalashtirgani qayd etilgan. Bundan tashqari, xodimlardan shaxsiy ehtiyojlari uchun topshiriqlar bergani ham tilga olingan.\

Lori Chaves-Deremer / Foto: NBC

Mazkur mojaro sabab mart oyida uning ikki yordamchisi ham lavozimini tark etgan. Bu so‘nggi ikki oy ichida Tramp ma’muriyatini tark etgan uchinchi ayol vazir bo‘ldi. Avvalroq bosh prokuror Pem Bondi va ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ham lavozimidan ketgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp hukumat tarkibida yana o‘zgarishlar qilishni rejalamoqda. Politico yozishicha, prezident o‘z vazifasini bajarmayotgan yoki salbiy fon keltirayotgan amaldorlarni ishdan olish niyatida. The Atlantic ma’lumotiga ko‘ra, ehtimoliy iste’folar qatorida savdo vaziri Govard Lyutnik, FBI direktori Kesh Patel va armiya vaziri Deniel Driskoll ham bor.

Qaynoq24.uz Tramp Eron bilan kelishuvga erishilmaguncha blokada bekor qilinmasligini bildirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.