Eron AQSh dengiz blokadasini urush harakati deb baholadi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Eron AQSh tomonidan amalga oshirilgan dengiz blokadasini keskin qoraladi. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bu harakatni “urush harakati” deb atadi.

Uning ta’kidlashicha, Eron portlarini blokada qilish sulh kelishuvini buzadi. Shuningdek, tijorat kemalariga zarba berish va ekipajni ushlab turish yanada og‘irroq qoidabuzarlik hisoblanadi. Aroqchi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida Tehron o‘z manfaatlarini himoya qilishga qodir ekanini bildirdi. U Eron bosimlarga qarshi turishga tayyor ekanini ham alohida qayd etdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi avvalroq AQShning Ummon dengizida joylashgan “Touska” savdo kemasiga hujumini ham keskin qoralagan edi. Rasmiy Tehron bu voqeani qaroqchilik va terrorchilik harakati sifatida baholadi.

Bayonotda kema ekipaji va ularning oila a’zolariga nisbatan bosim o‘tkazilgani ham tilga olindi. Eron tomoni bunday harakatlar xalqaro huquq normalariga zid ekanini ta’kidladi.

Mazkur vaziyat Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida yuz bermoqda. Ekspertlar bunday qarama-qarshilik global savdo yo‘llari va energiya bozoriga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etmoqda.

Qaynoq24.uz Eron AQSh bilan yangi muzokaralarda qatnashish masalasini ochiq qoldirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.