Markaziy bank tomonidan 23-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 18,06 so‘mga arzonlab, 12 042,49 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi ham pasayib, 35,69 so‘mga tushdi va 14 147,52 so‘mga yetdi. Rossiya rubli 0,77 so‘mga arzonlab, 160,55 so‘mni qayd etdi. Britaniya funti ham pastladi. Uning qiymati 2,71 so‘mga kamayib, 16 282,65 so‘mni tashkil etdi. Yaponiya iyenasi 0,18 so‘mga tushib, 75,57 so‘mga teng bo‘ldi.
Shuningdek, Shveytsariya franki 50,84 so‘mga arzonlab, 15 415,37 so‘mga tushdi. Xitoy yuani esa 4,48 so‘mga pasayib, 1 764,91 so‘mni tashkil etdi.
Jadval:
| Valyuta | Kurs (so‘m) | O‘zgarish |
|---|---|---|
| USD | 12 042,49 | -18,06 |
| EUR | 14 147,52 | -35,69 |
| RUB | 160,55 | -0,77 |
| GBP | 16 282,65 | -2,71 |
| JPY | 75,57 | -0,18 |
| CHF | 15 415,37 | -50,84 |
| CNY | 1 764,91 | -4,48 |
Qaynoq24.uz 22-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

