24 kg dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasi fosh etildi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

24 kg dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasi fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973-yilda tug‘ilgan va avval ham narkojinoyat uchun sudlangan shaxs kuzatuvga olingan. U Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddani Xo‘jaobod tumanidagi yashirin joydan olib chiqishga uringan paytda qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi 24 kg 475 gramm “gashish” moddani o‘z sheriklari bilan birga kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan. U ushbu modda bilan qo‘lga tushib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining kontrabanda va giyohvandlik vositalarini o‘tkazishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Huquq-tartibot organlari uning jinoiy sheriklarini aniqlash ustida ishlamoqda.

Qaynoq24.uz sobiq bank xodimi 6 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgani aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.