AQSh Xitoyni SI texnologiyalarini o‘g‘irlashda aybladi

Foto: istock
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

AQSh ma’muriyati Xitoy bilan bog‘liq tuzilmalarni sun’iy intellekt texnologiyalarini noqonuniy qo‘lga kiritishda aybladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, gap alohida holatlar emas, balki tizimli faoliyat haqida ketmoqda. AQShning ilmiy-texnik siyosat bo‘yicha boshqarmasi rahbari Maykl Kratsios xorijiy tashkilotlar, asosan Xitoy bilan bog‘liq tuzilmalar, amerikalik kompaniyalar ishlab chiqqan ilg‘or AI tizimlariga kirishga urinayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday kampaniyalar sanoat miqyosida olib borilmoqda. Bu jarayonda o‘n minglab proksi akkauntlardan foydalanilib, himoya tizimlari aylanib o‘tilmoqda. Ayrim hollarda esa xakerlik usullari orqali maxfiy ma’lumotlarga kirishga urinishlar qayd etilgan.

“Bu muvofiqlashtirilgan harakatlar AQShda yaratilgan AI modellarining imkoniyatlaridan tizimli ravishda foydalanishga qaratilgan”, — dedi Kratsios.

Shu bilan birga, Vashingtondagi Xitoy elchixonasi ushbu ayblovlarni rad etdi. Diplomatik vakolatxona bayonotida Pekin intellektual mulkni himoya qilishga katta ahamiyat berishi ta’kidlandi.

Mazkur bayonot Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv arafasida yangradi. Mutaxassislar fikricha, bu mojaro ikki davlat o‘rtasidagi texnologik raqobatni yanada keskinlashtirishi mumkin.

Qaynoq24.uz Germaniya Rossiya va Xitoyni kuzatish uchun kosmik tizim yaratishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.