Honor kompaniyasi katta sig‘imli batareyaga ega yangi smartfon ustida ishlamoqda. Insayder ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma taxminan 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.
Xabarlarga ko‘ra, bu ikki elementli batareya bo‘lib, u uzoq ishlash vaqtini ta’minlash bilan birga tez zaryadlanishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon kamida 100 Vt quvvatdagi tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday kombinatsiya foydalanuvchilarga qurilmani kamroq zaryadlash va qisqa vaqt ichida energiyani to‘ldirish imkonini beradi. Bu esa ayniqsa faol foydalanadigan foydalanuvchilar uchun muhim ustunlik hisoblanadi.
Avvalroq shu manba Honor 11 000 mA/soat sig‘imli yana bir model ustida ham ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. Kompaniya ilgari ham katta batareyali qurilmalarni taqdim etgan. Yangi model qachon taqdim etilishi hozircha rasman e’lon qilinmagan.
Qaynoq24.uz Honor 10 000 mA/soat akkumulyatorli smartfonini tayyorlayotgani haqida yozgan edi.

