Meta kompaniyasi 8 ming xodimni qisqartiradi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Meta kompaniyasi yaqin oyda taxminan 8 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bu umumiy ishchi kuchining qariyb 10 foiziga teng.

Kompaniya ichki xabarnomasiga ko‘ra, qisqartirishlar sun’iy intellektga yo‘naltirilayotgan xarajatlarning keskin oshishi bilan bog‘liq. Joriy yilda Meta SI loyihalariga qariyb $135 mlrd sarflashni rejalashtirmoqda. Bu so‘nggi uch yildagi umumiy xarajatlarga teng.

Kompaniya rahbari Mark Sukerberg avvalroq SI texnologiyalari ish jarayonlarini tubdan o‘zgartirishini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellektdan faol foydalanayotgan xodimlar ilgari butun jamoa bajaradigan vazifalarni yakka o‘zi uddalay olmoqda.

Meta bu yilning o‘zida allaqachon ikki bosqichda 2 mingga yaqin xodimni qisqartirgan. Yangi to‘lqin esa 2023-yildan beri eng yirik ishdan bo‘shatish bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, kompaniya ish jarayonlarini yanada avtomatlashtirish uchun xodimlarning kompyuter bilan ishlash faoliyatini kuzatishni ham boshlaydi. Bu ma’lumotlar SI tizimlarini o‘qitish va takomillashtirish uchun ishlatiladi.

Texnologiya sohasida bu trend kengayib bormoqda. Amazon 30 mingdan ortiq xodimni qisqartirgan bo‘lsa, Oracle 10 mingdan ortiq ish o‘rnini yopgan. Microsoft esa tajribali xodimlarga ixtiyoriy kompensatsiya asosida ishdan ketishni taklif qilmoqda.

Qaynoq24.uz Meta kompaniyasi 375 mln dollar jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.