Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanishi mumkin

Foto: Getty Images
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Ilon Mask SpaceX kompaniyasining birlamchi ommaviy joylashtiruvidan keyin dunyodagi ilk trillioner maqomiga juda yaqin kelishi mumkin. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, SpaceX aksiyalarini IPO vaqtida bir dona uchun $135 dan joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bunday narxda kompaniya taxminan $75 mlrd jalb qilishi mumkin.

Agar joylashtirish shu shartlarda amalga oshsa, SpaceX’ning umumiy bahosi $1,75 trln darajasiga yetadi. Bu tarixdagi eng yirik birja listinglaridan biri bo‘lishi mumkin. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, aksiyalar shu narxda joylashtirilsa, Maskning boyligi $988 mlrd gacha oshadi. Ya’ni u $1 trlnlik tarixiy ko‘rsatkichga atigi $12 mlrd yetmay qoladi.

Agentlik bu farqni kinorejissyor Stiven Spilberg boyligi bilan qiyoslagan. Bloomberg talqiniga ko‘ra, Maskga trillioner bo‘lish uchun SpaceX aksiyalarining birinchi savdolardagi kichik o‘sishi ham yetarli bo‘lishi mumkin.

Agar SpaceX aksiyalari savdo boshlanganidan keyin 2,2 foizga oshib, bir dona uchun $138 ga yetsa, Maskning boyligi $1 trln chegarasidan o‘tadi. Bunda boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmasligi kerak. SpaceX aksiyalari bo‘yicha ilk savdolar 12-iyun kuni boshlanishi kutilmoqda. Biroq kompaniya hozircha IPO narxi yoki narx koridorini rasman e’lon qilmagan.

Bloomberg Billionaires Index ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda Maskning boyligi $726 mlrd deb baholanmoqda. Forbes Real-Time reytingida esa Tesla va SpaceX rahbarining kapitali $825,8 mlrd atrofida ko‘rsatilgan.

Qaynoq24.uz Ilon Mask boyligi 800 mlrd AQSh dollaridan oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.