Andijon viloyatida “Haj” ziyoratiga yuborishni va’da qilib, pul olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Asaka tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.Ch. ikki nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga “Haj” ziyoratiga yuborishni va’da qilgan.
U 18 ming AQSH dollari evaziga xizmat ko‘rsatishini aytgan. Kelishilgan puldan 9 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Marg‘ilonda 1,6 mlrd so‘mlik gaz talon-toroji aniqlangani haqida yozgan edi.
Nazorat tadbiri komplayens nazorat tuzilmalari, mahalla bilan ishlash bo‘limi va huquq-tartibot organlari hamkorligida o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “Pichoqchi” MFYdagi Xiyobon ko‘chasida joylashgan “B. B.” MChJga qarashli ko‘p qavatli uy xatlovdan o‘tkazilgan.

