Farg‘onada gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rishton tumanida faoliyat yurituvchi korxona rahbari umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan. Natijada 164,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan. Bag‘dod tumanida esa yakka tartibdagi tadbirkor noturar binosida elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 134,7 mln so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgani aniqlangan.

Yana bir holat Farg‘ona tumanida qayd etilgan. U yerda mas’ullar do‘konda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 118 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan. Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Andijonda “Haj”ga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.