Marg‘ilon shahrida “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi ochildi. Marosimda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari farg‘onaliklarni tarixiy voqea bilan tabrikladi. U majmua butun Farg‘ona vodiysi ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutishini aytdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatni 2030-yilgacha rivojlantirish dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Qo‘qonda aeroport qayta tiklandi. Hududlarda yangi korxonalar, IT-parklar va turar joylar barpo etilmoqda.
Prezident Farg‘ona zaminining boy merosiga alohida to‘xtaldi. Hudud ko‘plab shoir, olim va san’atkorlarni yetishtirgan maskan sifatida e’tirof etildi.

Majmua 35 gektar hududda qurilgan. Unda Islom huquqshunosligi instituti, maqom teatri, amfiteatr va muzey mavjud. Shuningdek, hunarmandlar markazi, xiyobonlar va mehmonxona ham joylashgan.
Loyiha Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosini targ‘ib qilishga xizmat qiladi. U ziyorat va madaniy turizmni rivojlantirishga qaratilgan.
Qaynoq24.uz Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

