Chirchiqda profilaktika inspektori qo‘lga olindi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor fevral oyida tan jarohati bilan bog‘liq holatni yopib berish evaziga $2700 olgan. U pulning bir qismini jabrlanuvchiga qaytarib bergan. Tezkor tadbir davomida u jabrlanuvchiga $300 berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, ushbu noqonuniy harakatga aloqador bo‘lgan yana bir xodimni ishga jalb qilish chorasi ko‘rilmoqda.

Qaynoq24.uz Namanganda bank xodimlari firibgarlikda gumon qilinayotgani haqida yozgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat bankining Mingbuloq filialida ishlovchi ikki nafar xodim gumon ostiga olingan.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.