Ikki hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Yangiyer shahrida fuqaro M.T. “Binokor” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan. Natijada u 189,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida “P.U.” MCHJ energetigi A.N. va boshqalar “Xalqobod” MFY hududidagi binoda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangan. Ular tarmoqdan tijorat maqsadida foydalanib, 109,5 mln so‘mlik zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkent tumanida 72 ming dona qalbaki aksiz marka aniqlangani haqida yozgan edi.

