2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 4 048 417 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadda tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 930,8 ming nafarga oshgan. O‘sish 29,9 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonga eng ko‘p turist Qirg‘iz Respublikasidan kelgan. To‘rt oyda ushbu davlatdan 1 141 581 nafar fuqaro tashrif buyurgan.
Keyingi o‘rinlardan Tojikiston va Qozog‘iston joy oldi. Tojikistondan 965 488 nafar, Qozog‘istondan esa 935 003 nafar turist kelgan. Rossiyadan kelgan turistlar soni 341 842 nafarni tashkil etdi. Afg‘onistondan 161 537 nafar, Xitoydan esa 132 240 nafar fuqaro turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Shuningdek, Turkmanistondan 108 433 nafar, Turkiyadan 57 686 nafar, Hindistondan 16 057 nafar va Koreya Respublikasidan 12 145 nafar turist kelgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda YAIM 8,7 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.

