Soliq auditlarida 3,9 trln so‘mlik holat aniqlandi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

2026-yilning yanvar-aprel oylarida soliq to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan 1,3 mingta tadbirkorlik subyektida soliq auditi o‘tkazildi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlarda 3,9 trln so‘mlik soliq summasi aniqlangan.

Davlat soliq xizmati organlari ma’lumotiga ko‘ra, audit soliqlarni to‘lamaslik xavfi yuqori deb baholangan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilgan. Bu davrda mamlakatda 589,1 mingta soliq to‘lovchi faoliyat yuritgan.

Tekshiruvga jalb qilingan subyektlar jami soliq to‘lovchilarning 0,22 foizini tashkil etdi. Dastlab aniqlangan soliq xavfi summasi 8,5 trln so‘m bo‘lgan.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Audit yakunlariga ko‘ra, 3,9 trln so‘mlik soliq summasi aniqlangan. Eng katta ulush savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu yo‘nalishda 1,9 trln so‘mlik holat qayd etilgan. Bu jami aniqlangan summaning 47,3 foizidir. Qurilish sohasida 899,5 mlrd so‘mlik holat aniqlangan. Bu umumiy summaning 22,5 foiziga teng. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa 317,9 mlrd so‘mlik holat qayd etilgan.

Ishlab chiqarish sohasida 229,5 mlrd so‘m, transport sohasida 138,6 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligida 122 mlrd so‘mlik soliq summasi aniqlangan. Boshqa sohalar hissasiga 401,7 mlrd so‘m to‘g‘ri kelgan. Soliq auditlari davomida 619 ta soliq to‘lovchida 6,6 trln so‘mlik soliq bazasi yashirilgani aniqlangan. Jumladan, 234 ta subyekt 1,8 trln so‘mlik realizatsiya qilingan tovarlar summasini ko‘rsatmagan.

Shuningdek, 203 ta subyektda 2,6 trln so‘mlik tovarlar inventarizatsiya vaqtida ombor yoki savdo joyida mavjud bo‘lmagan. Yana 182 ta subyektda 2,2 trln so‘mlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangani yoki realizatsiya qilingani aniqlangan. Bugungi kunda aniqlangan soliq summalaridan to‘lov muddati kelgan 1,2 trln so‘mning 156 mlrd so‘mi to‘lab berilgan.

Qaynoq24.uz “Soliq xizmati fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.