Eron fuqaro aviatsiyasi tashkiloti mamlakat havo hududida yangi parvoz cheklovlari joriy etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Tasnim agentligi ma’lum qildi.
Shanba kuni Fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakili Majid Axavan Eron havo hududiga oid yangi NOTAM (havo kuchlari uchun bildirishnoma) chiqarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Ushbu tashkilot tomonidan yangi NOTAM chiqarilmagan va mamlakat havo hududi sharoitlari normal”, dedi Axavan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron osmonidagi vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda va parvozlar avvalgidek jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Matbuot kotibi shuningdek, Ahvoz xalqaro aeroporti va Mahshahr aeroportidagi ishlar shanba kuni ertalab qayta boshlanganini ta’kidladi.
Qaynoq24.uz Eron hali sinovdan o‘tmagan qurollarga ega ekanini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

