Neft narxlari 25-may kuni AQSh va Eron kelishuvi fonida pasaydi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Jahon bozorida neft narxlari pasaydi. Bunga AQSh va Eron o‘rtasida tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgani haqidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Londonning ICE birjasida Brent markali neftning iyul fyucherslari 4,87 foizga arzonlashdi. Uning narxi bir barrel uchun $98,49 ga tushdi. WTI markali neftning iyul fyucherslari ham pasaydi. U 5,06 foizga arzonlashib, bir barrel uchun $91,71 ni tashkil etdi.

Neft bozoridagi pasayish 23-may kuni tarqalgan xabarlar ortidan kuzatildi. Unga ko‘ra, AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumi bo‘yicha muzokaralarning asosiy qismini yakunlagan.

Kelishuv doirasida Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mojarodan oldin ushbu bo‘g‘oz orqali jahon nefti va suyultirilgan gaz yetkazib berishining beshdan bir qismi o‘tgan. Bozor ishtirokchilari Hormuz bo‘g‘ozining ochilishi global ta’minot xavfini kamaytirishi mumkin, deb hisoblamoqda. Shu sababli neft narxlarida pasayish bosimi kuchaydi.

Shu bilan birga, tomonlar o‘rtasida ayrim murakkab masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp 24-may kuni muzokaralar tartibli va konstruktiv davom etayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun jarayonni to‘g‘ri yakunlashi kerak. Tramp avvalroq Eron portlariga nisbatan blokada yakuniy kelishuv imzolanguncha saqlanishini ham bildirgan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, prinsipial kelishuv Hormuz bo‘g‘ozini ochishni nazarda tutadi. Shuningdek, Tehron yuqori boyitilgan uran zaxiralaridan voz kechish bo‘yicha majburiyat olishi mumkin. Agar kelishuv imzolansa, bu jahon energetika bozoridagi keskinlikni kamaytirishi mumkin. Biroq yakuniy qarorlar hali rasman e’lon qilinmagan.

Qaynoq24.uz Tramp tahdidlari ortidan neft 119 dollarga chiqqani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.