O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga oshgan. Bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulush savdo xizmatlariga to‘g‘ri keldi. Yanvar–aprel oylarida ushbu yo‘nalishda 101,8 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.
Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 69,1 trln so‘mni tashkil etdi. Transport xizmatlari bo‘yicha ko‘rsatkich 66,9 trln so‘mga yetdi. Moliyaviy xizmatlar hajmi 65,6 trln so‘m bo‘ldi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 30,9 trln so‘mni tashkil qildi.
Ta’lim sohasida 14,5 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatildi. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 9,2 trln so‘mga yetdi. Shaxsiy xizmatlar 7,4 trln so‘mni tashkil etdi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi esa 7,3 trln so‘m bo‘ldi. Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar 5,1 trln so‘mni tashkil etdi. Ijara xizmatlari hajmi ham 5,1 trln so‘mga yetdi.
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 4,8 trln so‘m bo‘ldi. Boshqa xizmatlar hajmi 18,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz to‘rt oyda 24 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun O‘zbekistonga kelgani haqida yozgan edi.


