Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa 2-iyun kuni tongda “Kimyogar” MFY, A.Navoiy ko‘chasida yuz bergan. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 04:19 da “112” tizimi orqali xabar kelib tushgan. Unda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonayotgani ma’lum qilingan. Yong‘in joyiga 7 ta qutqaruv bo‘linmasi va 2 ta avtonarvon yuborilgan. Qutqaruvchilar soat 04:23 da voqea joyiga yetib borgan.
Yong‘in soat 04:35 da o‘rab olingan. Soat 05:35 da esa to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 9 qavatli uyning 9-qavatidagi 8 ta xonadon zarar ko‘rgan. Yong‘in 300 kvadrat metr maydonda tom, shift va ichki qismlarga zarar yetkazgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qaynoq24.uz yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlar uchun jarimalar oshirilishi haqida yozgan edi.


