Samsung Galaxy M37 va Galaxy M47 ustida ishlamoqda

Foto: Sammobile
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Samsung o‘rta segmentdagi yangi Galaxy M37 va Galaxy M47 smartfonlarini tayyorlamoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki model katta sig‘imli batareya bilan jihozlanadi.

SamMobile ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy M37 hozirda ishlab chiqish bosqichida. Qurilmaga 5882 mA·soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi kutilmoqda. Bozorda esa u odatda 6000 mA/soat batareyali model sifatida taqdim etilishi mumkin.

Samsung so‘nggi vaqtlarda ayrim qurilmalarida quvvatlash tezligini oshirmoqda. Biroq Galaxy M37 45 W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlashi hozircha noma’lum. Smartfon to‘rt xil rangda sotuvga chiqishi mumkin. Ular qora, kulrang, och ko‘k va kumush ranglardan iborat bo‘ladi.

Galaxy M37’ning qolgan texnik xususiyatlari Galaxy A17 yoki Galaxy A27 modellariga yaqin bo‘lishi mumkin. Chunki Samsung ko‘pincha Galaxy M seriyasidagi qurilmalarni Galaxy A liniyasidagi modellarga asoslangan holda chiqaradi.

Galaxy M47 haqida ham ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Samsung ushbu modelni ishlab chiqishda ancha ilgarilagan. Kompaniya smartfon uchun dastlabki firmware versiyasini ham tayyorlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy M47 Galaxy A27 bilan ko‘plab umumiy komponentlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli ikki modelning texnik imkoniyatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ehtimol.

Yangi Galaxy M37 va Galaxy M47 Hindiston hamda unga yaqin bozorlarda sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Samsung hozircha smartfonlarning rasmiy taqdimot sanasi va narxini e’lon qilmagan.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni katta batareya olishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.