Farg‘onadan Toshkentga olib ketilayotgan 1,1 kg gashish ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘onadan Toshkentga olib ketilayotgan 1,1 kg gashish ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida «Qo‘qon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Voyah» rusumli avtomobil Namangan viloyati Pop tumanidagi «Namangan» YPX maskanida to‘xtatildi. Avtomobil Toshkent shahrida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan shaxs tomonidan boshqarib ketilayotgan bo‘lgan.

Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruvda avtomobil salonidagi o‘rindiq ostidan qora rangli sellofan paket topildi. Unda sof og‘irligi 1 kg 178 gramm bo‘lgan gashish moddasi hamda 8 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlandi. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi ushbu moddalarni Toshkent shahridagi mijozlarga sotish maqsadida olib ketayotgan bo‘lgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Xorazmda qalbaki aksiz markali mahsulotlar aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.