18-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 18-iyun kuni uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9,243 mln so‘mdan, 10 grammli quyma 18,486 mln so‘mdan sotilmoqda.

20 grammli oltin quymaning sotish narxi 36,972 mln so‘m, 50 grammli quymaniki 92,431 mln so‘m, 100 grammli quymaniki esa 184,861 mln so‘m etib belgilandi.

Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxlari 5 gramm uchun 8,281 mln so‘m, 10 gramm uchun 16,562 mln so‘m, 20 gramm uchun 33,124 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 50 grammli oltin quyma 82,811 mln so‘mdan, 100 grammli quyma esa 165,622 mln so‘mdan qaytarib sotib olinadi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish narxi — qadog‘i butQadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa
5 gramm9 243 000 so‘m8 281 000 so‘m8 197 000 so‘m
10 gramm18 486 000 so‘m16 562 000 so‘m16 395 000 so‘m
20 gramm36 972 000 so‘m33 124 000 so‘m32 790 000 so‘m
50 gramm92 431 000 so‘m82 811 000 so‘m81 975 000 so‘m
100 gramm184 861 000 so‘m165 622 000 so‘m163 949 000 so‘m

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 18-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.