iPhone narxlari oshishi mumkin

Foto: Gizmochina
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Apple kompaniyasi asosiy komponentlar narxi keskin oshgani sabab iPhone narxlarini ko‘tarishga majbur bo‘lishi mumkin. Kompaniya bosh direktori Tim Kuk xotira va saqlash chiplari narxidagi o‘sish hozirgi vaziyatni “barqaror bo‘lmay qolgan” darajaga olib kelganini aytdi.

The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida Kuk Apple imkon qadar xarajatlarni o‘z zimmasiga olib kelganini, mijozlarni narx oshishidan himoya qilishga harakat qilganini bildirdi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya uchun bunday bosimni uzoq davom ettirish qiyinlashgan.

Muammoning asosiy sababi DRAM xotira va NAND saqlash chiplari uchun raqobat kuchaygani bilan izohlanmoqda. Google, Microsoft, Meta va Amazon kabi yirik texnologiya kompaniyalari sun’iy intellekt markazlari uchun katta hajmda yuqori tezlikdagi xotira sotib olmoqda. Natijada DRAM va NAND narxlari o‘tgan yilga nisbatan bir necha baravar oshgan.

Samsung, SK Hynix va Micron kabi yetkazib beruvchilar ko‘proq daromad keltiradigan AI yo‘nalishidagi shartnomalarga ustuvorlik bermoqda. Bu esa iste’molchi qurilmalari uchun komponentlar yetishmovchiligini kuchaytirishi va muammo 2027-yilgacha davom etishi mumkin.

TechInsights tahlilchilariga ko‘ra, bunday vaziyat kelajakdagi iPhone Pro modellarining narxiga taxminan 270 dollar qo‘shimcha bosim berishi mumkin. Kuk narx oshishi qaysi mahsulotlarga va qachon ta’sir qilishini aniq aytmadi. Biroq Mac va iPad narxlari avvalroq o‘zgarishi, iPhone 18 seriyasi hamda ilk buklamali iPhone esa diqqat markazida bo‘lishi mumkin.

Qaynoq24.uz iPhone Air 2 smartfoni haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.