Toshkent shahrida qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro 100 dollarlik kupyuralar ko‘rinishidagi qalbaki 10 ming AQSH dollarini boshqa bir fuqaroga 6,5 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan. Qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi — qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash yoxud ularni o‘tkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Buxoroda 746 mln so‘mlik qum-shag‘al noqonuniy qazib olingani aniqlangani haqida yozgan edi.


