AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini Isroil tarixidagi eng yaxshi prezident deb atadi. Uning nutqini CNBC telekanali efirga uzatgan.
«Men Isroil tarixidagi eng yaxshi prezident bo‘lganman»,
degan Amerika yetakchisi.
Tramp, shuningdek, AQShdagi yahudiy saylovchilar Demokratik partiya nomzodlariga qanday ovoz berishini tushunmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yahudiy amerikaliklarning demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mantiqsiz ko‘rinadi.
Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tramp AQShni Isroildagi «erkatoylarini» jim qilishga majbur etganini bildirgan edi.
Qaynoq24.uz Yana Trampga Nobel berish taklif qilingani haqida yozgan edi.
Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden Donald Trampga Nobel tinchlik mukofotini berishni kinoya bilan taklif qildi. U X ijtimoiy tarmog‘ida Tramp Eron bilan urushni “kamida 38 marta tugatgani”ni yozdi.


