Janubiy Koreyaga ishga yuborishda firibgarlik fosh bo‘ldi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan Janubiy Koreyaga ishga, o‘qishga yoki boshqa davlatlar orqali xorijga yuborishni va’da qilib, fuqarolarning pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari aniqlandi.

Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam sudlangan M.A. ismli fuqaro ikki nafar shaxsni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgani ma’lum bo‘ldi. U ushbu xizmat evaziga ulardan 12 ming AQSH dollarini olib, mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgani aniqlangan.

Shunga o‘xshash yana bir holat Farg‘ona viloyatida qayd etildi. Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda D.R. ismli fuqaro bir shaxsni Janubiy Koreyadagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yish va viza olib berishni va’da qilgan. U jabrlanuvchidan 11 ming AQSH dollarini olgani aniqlangan. Ushbu mablag‘ning 200 dollari qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa muqaddam sudlangan X.M. ikki nafar fuqaroga Kanada va Janubiy Koreyaga ketish uchun hujjatlarini tayyorlab berishni va’da qilgan. U ushbu bahona bilan jami 4 945 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.