6-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Getty
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 6-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9,192 mln so‘mni, 10 grammli quymaniki 18,384 mln so‘mni tashkil etdi.

Yirik quymalar bo‘yicha 20 gramm oltin 36,767 mln so‘mdan, 50 gramm 91,918 mln so‘mdan, 100 gramm esa 183,836 mln so‘mdan sotilmoqda. Qaytarib sotib olishda narxlar qadoq holatiga qarab farqlanadi. Masalan, 5 grammli quyma qadog‘i but holatda 7,906 mln so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan taqdirda 7,826 mln so‘mdan baholanadi.

100 grammli oltin quyma bo‘yicha qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 158,122 mln so‘mni, qadog‘i buzilgan holatda esa 156,525 mln so‘mni tashkil qiladi. Markaziy bankka ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish narxi, qadog‘i butQaytarib sotib olish narxi, qadog‘i buzilgan
5 gramm9 192 000 so‘m7 906 000 so‘m7 826 000 so‘m
10 gramm18 384 000 so‘m15 812 000 so‘m15 652 000 so‘m
20 gramm36 767 000 so‘m31 624 000 so‘m31 305 000 so‘m
50 gramm91 918 000 so‘m79 061 000 so‘m78 262 000 so‘m
100 gramm183 836 000 so‘m158 122 000 so‘m156 525 000 so‘m

Qaynoq24.uz 6-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.