Past xavf toifasidagi nodavlat ta’lim tashkilotlarida tekshiruv o‘tkazilmaydi

Foto: Zarnews.uz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil 7-iyulda 3889-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan hujjatga muvofiq, nodavlat ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida qonunchilik buzilishi xavfini avtomatlashtirilgan tarzda baholash mexanizmi joriy etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini aniqlashda davlat organlarining axborot tizimlari, statistik ma’lumotlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Shu bilan birga, xavfni tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xavf darajasi nodavlat maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim va qo‘shimcha ta’lim xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha alohida mezonlar asosida baholanadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik xavfi yuqori, o‘rta yoki past bo‘lgan toifalarga ajratiladi.

Yuqori va o‘rta xavf toifasiga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida profilaktika tadbirlari hamda tekshiruvlar qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi. Past xavf toifasiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Nizomda elektron tizim orqali aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik subyektiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun mustaqil asos hisoblanmasligi ham belgilangan.

Qaynoq24.uz xususiy kasbiy ta’limga 500 mlrd so‘m yo‘naltirilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.