Chery 860 km yuradigan Exlantix ES modelini chiqardi

Foto: Autohome
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Chery kompaniyasining Exeed brendi 2027-yilgi Exlantix ES sedanini rasman sotuvga chiqardi. Bu haqda CNC xabar berdi.

Yangi model elektromobil va yurish zaxirasini oshiruvchi benzin generatoriga ega EREV versiyalarida taklif qilinadi. Avtomobil narxi komplektatsiyasiga qarab $26,5 mingdan $30,9 minggacha etib belgilangan.

Yangilangan Exlantix ES’da asosiy e’tibor haydovchiga ko‘maklashish tizimi va salon texnologiyalariga qaratilgan. Barcha komplektatsiyalar Nvidia Orin-Y protsessorida ishlaydigan Falcon 700 tizimiga ega bo‘ldi. U 11 ta kamera, 12 ta ultratovush radari, bitta LiDAR va uchta millimetrli diapazondagi radardan iborat jami 27 ta sensor orqali ishlaydi.

Foto: Autohome

Tizim shahar ko‘chalari va magistrallarda navigatsiya asosida avtomatik harakatlanish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Salon multimedia majmuasi Qualcomm Snapdragon 8295P protsessori hamda Carmind sun’iy intellekt modeli asosida ishlaydi. Bu ovozli buyruqlarni tezroq qayta ishlash va interfeysning javob berish tezligini oshirishga xizmat qiladi.

Foto: Autohome

Sedan fastbek ko‘rinishidagi kuzov va romsiz eshiklarini saqlab qolgan. Uning uzunligi 4 945 millimetr, kengligi 1 978 millimetr va balandligi 1 480 millimetrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi 3 000 millimetrga teng. Ranglar qatoriga ikkita yangi tus qo‘shilib, jami olti xil tashqi bezak varianti taklif qilinmoqda. Orqa bamper ham yangilangan, qo‘shimcha Shadow sport to‘plamida interaktiv ISD faralari va elektr spoyler mavjud.

Qaynoq24.uz yangilangan Chery Arrizo 8 19,9 ming dollardan sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.