Qaynoq24 Telegramda kuzating

G‘arbiy Sohilda Isroil ko‘chmanchilari 2 masjidni yoqdi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Isroil ko‘chmanchilari bosib olingan G‘arbiy Sohilda joylashgan ikkita masjidga o‘t qo‘ydi va binolar devorlariga ivrit tilida yozuvlar qoldirdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Qusra qishlog‘i kengashi rahbarining ma’lum qilishicha, hujumga uchragan masjidlardan biri qurilishning yakuniy bosqichida bo‘lgan va namozxonlarni qabul qilishga tayyorlangan. Bino ichiga jihozlar ham o‘rnatilgan edi. Hujumchilar masjidga o‘t qo‘yib, uning devorlariga ivrit tilida qasos olishga chaqiruvchi shiorlarni yozib ketgan.

Reklama
Qaynoq24 Instagramda kuzating

Isroil armiyasi hududni ko‘zdan kechirish vaqtida yong‘in izlari va devorlardagi yozuvlar aniqlanganini tasdiqladi. Harbiylar diniy obyektlarga zarar yetkazilishini keskin qoralab, xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash uchun choralar ko‘rilishini bildirdi.

Falastin rasmiylari Kur qishlog‘i yaqinidagi yana bir masjidni ham yoqishga urinish bo‘lganini ma’lum qildi. Qishloq kengashi vakiliga ko‘ra, uch nafar Isroil ko‘chmanchisi masjidga o‘t qo‘ygan, biroq namozxonlar yong‘inni o‘z vaqtida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur binoning devorlarida ham ivrit tilidagi yozuvlar aniqlangan.

Qaynoq24.uz Tramp Saudiya Arabistonidan Isroilni tan olishni talab qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.