Markaziy bank tomonidan 27-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, besh grammli oltin quymaning sotuv narxi 9 mln 187 ming so‘m etib belgilandi.
Uning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 7 mln 833 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 7 mln 754 ming so‘mni tashkil etdi.
O‘n grammli quyma 18 mln 373 ming so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank uni qadog‘i but holatda 15 mln 667 ming so‘mga, texnik ekspertizadan o‘tgan shikastlangan qadoqda esa 15 mln 509 ming so‘mga qaytarib sotib oladi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish narxi — qadog‘i but | Qaytarib sotib olish narxi — qadog‘i buzilgan |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 187 000 so‘m | 7 833 000 so‘m | 7 754 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 373 000 so‘m | 15 667 000 so‘m | 15 509 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 746 000 so‘m | 31 334 000 so‘m | 31 017 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 865 000 so‘m | 78 335 000 so‘m | 77 543 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 730 000 so‘m | 156 669 000 so‘m | 155 087 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 27-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


