AQSh Eronga 5 kunlik tanaffusdan so‘ng zarba berdi

Foto: Ken Cedeno / AFP via Getty Images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh harbiylari 29-iyul oqshomida Eron hududiga yangi havo zarbalarini boshladi. AQSh Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar soat 20:00 da boshlangan.

Harbiy amaliyot bir kun avval Erondan Iordaniyadagi AQSh kuchlari joylashgan bazaga raketalar uchirilganiga javoban o‘tkazilmoqda. Iordaniya armiyasi beshta Eron raketasi urib tushirilganini bildirdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yoki vayronagarchiliklar qayd etilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

«Zarbalar kecha Yaqin Sharqda joylashgan AQShliklariga hujum qilishga urinishga berilgan kuchli javobdir», deyiladi CENTCOM bayonotida. Qaysi hududlar va obyektlar nishonga olingani hozircha ochiqlanmadi.

Donald Tramp hujumlardan bir necha soat oldin Vashington Eronga «juda qattiq» zarba berishini aytgandi. «Endi navbat bizniki», dedi u jurnalistlarga. Trampning ta’kidlashicha, Tehron raketalarni uchirish xato bo‘lganini tan olib, javob qaytarmaslikni so‘ragan. Eron tomoni bu bayonotni hozircha tasdiqlamadi.

Qaynoq24.uz AQSh 2 turdagi xorijiy robot importini taqiqlagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.