20-oktabr kuni Parijning shimolidagi Ermont shahridan kuchli tornado o‘tdi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Ushbu hodisa tufayli qurilish kranlari qulab tushgan, 1 700 dan ortiq xonadon elektrsiz qolgan. Rasmiylarga ko‘ra, 1 kishi halok bo‘ldi. U 23 yoshli qurilish ishchisi edi. Yana 9 kishi jarohatlandi. To‘rttasining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Prokuratura tekshiruv boshladi. Ehtiyotsizlik sababli o‘lim moddasiga baho berilmoqda. Mehnat qoidalari buzilgani-buzilmagani o‘rganilmoqda.
Fransiya OAV bu 17 yildagi ilk o‘limga olib kelgan tornado ekanini yozdi. Météo-France yiliga o‘nlab tornado qayd etadi. Ko‘pchiligi past kuchga ega bo‘ladi.
Mutaxassislar hodisani kuchli atmosferik past bosim bilan bog‘lagan. Shimoliy Fransiyada iliq va nam shamollar balandlikda burildi. Bu sharoit tornado uchun qulay bo‘ldi.

