Apple kompaniyasi bir necha yildan beri buklanadigan ekranli plansheti ustida ishlamoqda. Loyiha hozircha yakuniy bosqichga yetmagan. Bloomberg jurnalisti Mark Gurman ma’lumotiga ko‘ra, qurilma narxi $3900 atrofida bo‘lishini ma’lum qildi. U hozirgi 13 dyuymli iPad Pro‘dan uch baravar qimmat.
Manbaga ko‘ra, Apple muhandislari hozircha ekranning buklanish mexanizmi va og‘irlik muammosini hal qila olmayapti. Yangi planshet ochilgan holatda 18 dyuymli katta OLED ekran bilan jihozlanadi. Shuning uchun, agar texnik to‘siqlar bartaraf etilmasa, taqdimot 2028-yildan 2029-yilga surilishi mumkin.
Bloomberg xabarida aytilishicha, Apple allaqachon qurilmaning ilk prototipini tayyorlagan. Yopiq holatda u MacBook’ni eslatadi, ochilganida esa MacBook Air’ga o‘xshaydi, lekin klaviaturasiz. Qurilmaning og‘irligi hozircha 1,6 kilogramm atrofida bo‘lib, bu planshet uchun juda katta ko‘rsatkich sanaladi.
Mutaxassislarning aytishicha, yuqori narx asosan katta buklanadigan OLED ekran va uning ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog‘liq. Agar komponentlar narxi yaqin yillarda pasaymasa, bu model deyarli $4000 narxda sotuvga chiqishi mumkin.

